Foydalanish shartlari

KUCHGA KIRGAN SANA: 21.10.2026

Ushbu shartlar revitmodel.uz saytidan (keyingi o‘rinlarda “Sayt”) foydalanish tartibini belgilaydi. Saytdan foydalanish, ro‘yxatdan o‘tish yoki model yuklab olish orqali siz ushbu shartlarga rozilik bildirasiz.

01Sayt nima

Sayt — Revit oilalari (.rfa), loyiha shablonlari va boshqa BIM fayllar (keyingi o‘rinlarda “Modellar”) joylanadigan va yuklab olinadigan katalog. Modellarni Sayt ma’muriyati ham, ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchilar (“Mualliflar”) ham joylaydi.

02Ro‘yxatdan o‘tish

  • Bepul modellarni yuklab olish uchun ro‘yxatdan o‘tish shart emas.
  • Baho qo‘yish, izoh yozish va model yuklash uchun akkaunt kerak.
  • Akkauntingiz xavfsizligi (parol) uchun o‘zingiz javobgarsiz. Bitta odam — bitta akkaunt.
  • Haqiqiy elektron pochta manzilini ko‘rsating: model tekshiruvi natijalari shu manzilga yuboriladi.

03Modellardan foydalanish (litsenziya)

Ruxsat etiladi:
  • Modellarni o‘z loyihalaringizda — shaxsiy, o‘quv va tijorat loyihalarida — ishlatish;
  • Modelni loyihangiz uchun o‘zgartirish, tahrirlash;
  • Model ishlatilgan chizmalar, vizualizatsiyalar va loyihalarni buyurtmachiga topshirish.
Taqiqlanadi:
  • Modellarni alohida fayl sifatida qayta sotish yoki bepul tarqatish;
  • Modellarni boshqa saytlarga, Telegram kanal va guruhlarga, bulutli papkalarga ommaviy joylash;
  • Modelni o‘zgartirib, o‘z nomingizdan yangi model sifatida e’lon qilish.

Do‘stingizga model kerak bo‘lsa — faylni emas, sahifa havolasini yuboring.

04Foydalanuvchi kontenti

Siz joylagan modellar, rasmlar, izohlar va baholar uchun o‘zingiz javobgarsiz. Model yuklash tartibi Mualliflar uchun qoidalar sahifasida batafsil yozilgan. Ma’muriyat qoidalarga zid kontentni ogohlantirmasdan o‘chirish huquqiga ega.

05Taqiqlangan harakatlar

  • Begona mualliflarning modellarini ruxsatsiz joylash;
  • Zararli kod, virus yoki fayl ko‘rinishidagi boshqa narsalarni yuklash;
  • Haqoratli, reklama (spam) yoki mavzuga aloqasiz izohlar;
  • Saytni avtomatik dasturlar orqali ommaviy yuklab olish, ishini buzishga urinish.

Bunday holatlarda akkaunt bloklanishi mumkin.

06Pullik modellar

Hozircha Saytdagi barcha modellar bepul. Kelajakda pullik modellar qo‘shilsa, narx, to‘lov va qaytarish shartlari alohida e’lon qilinadi va ushbu sahifaga kiritiladi.

07Javobgarlik

Modellar “boricha” taqdim etiladi. Ma’muriyat modellarni tekshiradi, ammo ularning har qanday loyiha, Revit versiyasi yoki me’yorga (QMQ, ShNQ va h.k.) mos kelishiga kafolat bermaydi. Modelni loyihada ishlatishdan oldin o‘lchamlari va parametrlarini tekshiring. Model ishlatilishi natijasidagi zarar uchun Sayt javobgar emas.

08O‘zgartirishlar

Ushbu shartlar yangilanishi mumkin. Yangi tahrir shu sahifada e’lon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi; sana sahifa yuqorisida ko‘rsatiladi.

09Aloqa

Savollar, shikoyatlar va mualliflik huquqi bo‘yicha murojaatlar uchun: Telegram: @mir_abror7 yoki Aloqa sahifasi.

Shuningdek qarang: Maxfiylik siyosati · Mualliflar uchun qoidalar